21:11 / 09.10.2021
11689

Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 150 nafarga yetdi

Ma'lumot berilishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida bolalar va o‘smirlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Terakt oqibatida kamida 200 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Foto: AP Photo/Abdullah Sahil

Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Saidobod shialar masjidida sodir etilgan terakt oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS «Attalaat-i ro‘z» gazetasiga tayanib xabar berdi.

Nashrning ma'lumot berishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida bolalar va o‘smirlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Terakt oqibatida kamida 200 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Terakt juma namozi vaqtida amalga oshirilgandi.

«Tolibon» harakatining madaniyat bo‘yicha komissiyasi a'zosi Muhammad Jalolning ma'lum qilishicha, portlashni «IShID Xuroson» terrorchi guruhi a'zolari uyushtirgan.

Top