12:13 / 09.10.2021
1158
Urgutda geroin va opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi
Foto: IIV axborot xizmati

Samarqand viloyati Urgut tumanida geroin hamda opiy giyohvand moddalari va kichik elektron tarozi olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 oktyabr kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumani hududida tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Urgut tumani Sariqtepa mahallasida harakatlanib ketayotgan Cobalt xodimlarda shubha uyg‘otgan va mazkur mashina tekshirish uchun tuman IIB binosiga olib kelingan.

So‘ng Cobalt haydovchisi, Samarqand shahar Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. shaxsiy tintuv qilinganda, egnidagi kiyimning cho‘ntaklaridan jami 13 dona sellofan paketga solingan oq rangli, o‘tkir hidli geroin giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, viloyat IIB YeKBning ma'lumotiga ko‘ra, fuqaro B.M.dan daliliy ashyo sifatida olingan 3 dona sellofan bo‘laklaridagi modda 2,96 gramm geroin giyohvand moddasi, 10 dona sellofan bo‘laklaridagi 8,69 gramm moddada esa opiy guruhiga mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjudligi ko‘rsatilgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Urgutda 1 kilogramm 240 gramm og‘irlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan ayol ushlandi

Urgutda yashash xonadonida 535 tup kannabis yetishtirib kelayotgan shaxs ushlandi

Top