11:10 / 10.10.2021
13817

Qamchiqda yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

9 oktabr kuni soat 07:30larda Namangan viloyati hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida ma'lum qilinishicha, Qamchiq dovonida MAN rusumli yuk avtomobili haydovchisi (1983 yilda tug‘ilgan K.R) yo‘lning 234-kilometriga yetgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi qarama-qarshi oqimni ajratuvchi to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan dovon yo‘lida o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Top