16:10 / 10.10.2021
11870

Foto: «Zakovat» final o‘yinlari boshlandi

Buxorodagi Bukhara Desert Oasis ekoturizm klasterida «Zakovat» intellektual Breyn-ring musobaqasining final bosqich o‘yinlariga start berildi.

Bu bosqichga hududiy musobaqalarda omadli ishtirok etgan 4tadan jamoa yetib kelgan.

Buxorodagi bosqichda 11 viloyatning 44ta eng kuchli jamoalari, shuningdek, Toshkent va Toshkent viloyati va Samarqanddan aniqlangan 2 ta g‘olib jamoasi (bu uch hududda yakuniy g‘oliblar aniqlab bo‘lingan) ishtirok etmoqda.

Birinchi bosqichda har bir viloyat jamoalari o‘zaro bahs olib borishmoqda. Birinchi o‘rinni egallagan viloyatlar g‘oliblari 100 million so‘mdan mukofot oladi. Ikkinchi o‘rin uchun 20 million so‘mlik, uchinchi o‘rin uchun 10 million so‘mlik mukofot taqdim etiladi.

Bugungi o‘yinlarda hozircha uchta hudud - Andijon, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Andijon viloyati bo‘yicha final «Burgutlar» va 66-jamoa o‘rtasida kechdi va unda ikki o‘yinda «Burgutlar» 5:0 va 4:2 hisoblarida ustun keldi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Buxoro viloyati bo‘yicha 93-jamoa «Bermud» jamoasidan ikki o‘yinda 4:2 va 4:0 hisoblarida ustun keldi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Farg‘ona viloyati bo‘yicha «Yoshlar ishlari agentligi» jamoasi «Nemesis»ni 5:1 va 2:1 hisoblarida mag‘lub etdi.

Foto: Zakovat intellektual klubi

Ikkinchi bosqichda aniqlangan 11 g‘olib va ikkita ma'lum jamoa «Zakovat» grand finalida qatnashish huquqi uchun o‘zaro kurash olib boradi, unda faqat birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar qatnashadi.

Grand-final uchun sovrin sifatida 6ta 3-pozitsiya Lacetti avtomashinasi taqdim etiladi.

Suratlar manbasi: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot xizmati

Top