23:15 / 11.10.2021
11891

Amerikalik harbiy AQShni Xitoy bilan urushda Tayvanni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi

Foto: Reuters

AQSh Tayvan Xitoy bilan urushadigan bo‘lsa, Tayvan tomonda jang qilmasligi kerak. Bunday fikrni iste'fodagi amerikalik podpolkovnik Deniyel Devis Business Insider nashri uchun yozgan maqolasida bildirdi.

“Biz uchun Pekinni ushlab turishning eng yaxshi yo‘li – Taybeyni o‘z mudofaasiga sarmoya qilish va qurol sotib olishga undash hisoblanadi”, deb yozgan o‘z maqolasida Devis.

U bu masalada ochiqchasiga gapirishga chaqirdi. Uning fikricha, Xitoy orolni qo‘shib olishni istasa, AQSh Xitoy bilan urushga kirishmasligi lozim. 

Harbiyning ta'kidlashicha, agar Vashington baribir Tayvan tomonda urushga kirishishga qaror qilsa, unda bu ulkan oqibatlarga olib keladi: AQShga uchragan yo‘qotishlardan o‘zini o‘nglab olishiga o‘nlab yillar kerak bo‘ladi. Eng yomon voqealar rivojida vaziyat nazorat ostidan chiqib ketishi va ikki yirik davlatning o‘zaro yadro zarbalari berishiga olib kelishi mumkin.

Devisning aytishicha, bunday vaziyatda Vashington bor-budini yo‘qotadi va hech narsa qo‘lga kiritmaydi. Agar u bosiqlik ko‘rsatsa, unda “Tayvan bilan urush oqibatida zaiflashgan Xitoy ustidan ustunlikka erishishi mumkin bo‘ladi”.

Mavzuga oid
Top