02:15 / 11.10.2021
10461
Dramatik finalda Fransiya iroda namoyish etib, Millatlar Ligasi 2-mavsumi g‘olibiga aylandi
Foto: Twitter/EURO2024

Millatlar Ligasining 2-mavsumi o‘z yakuniga yetdi. 

Final bellashuvi Ispaniya va Fransiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 2:1 hisobida fransuzlarning qo‘li baland keldi. 

Mikel Oyarsabal tomonidan kiritilgan golga Karim Benzema va Kilian Mbappe bir marotabadan javob berishdi va «uchranglilar» Millatlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqishdi. 

Foto: Twitter/OptaPaolo
Foto: Twitter/EURO2024

Millatlar Ligasi. Final
Ispaniya - Fransiya 1:2

Gollar: Oyarsabal (64) - Benzema (66), Mbappe (80)

Ispaniya: Simon, Alonso, Lyaport, Garsiya, Aspilikueta, Rodri (Fornals, 84), Gavi (Koke, 75), Buskets, Sarabiya (Pino, 61), Torres (Merino, 84), Oyarsabal. 

Fransiya: Loris, Kimpembe, Varan (Upamekano, 43), Kunde, Ernandes, Pavar (Dyubua, 79), Pogba, Tchuameni, Grizmann (Veretu, 90+2), Mbappe, Benzema.

Top