18:36 / 11.10.2021
3604
Estoniyaning yangi prezidenti qasamyod qildi

Alar Karis 31 avgust kuni Estoniya prezidenti etib saylangandi.

Foto: Priit Mürk/ERR

Estoniya milliy muzeyi sobiq direktori Alar Karis Estoniyaning yangi prezidenti bo‘ldi.

U 11 oktyabr kuni Riygikogu (parlament) yig‘ilishida qasamyod qildi, deb xabar berdi ERR.

Karis 2016 yilda saylangan Kersti Kalyulayd o‘rniga davlat rahbari lavozimini egalladi.

Alar Karis 31 avgust kuni Estoniya prezidenti etib saylangandi.

Riygikoguda ovoz berishning ikkinchi turida Karisni 72 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Ovoz berishda 80 nafar deputat qatnashgan.

Mavzuga oid
Top