08:31 / 11.10.2021
1334
Navoiyda mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
Foto: Navoiy ekologiya boshqarmasi

Navoiy viloyatida Qizil kitobga kiritilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq ochiq tabiatga qo‘yib yuborilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning sentabr oyida Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida yetishtirilgan 1 070 ta yo‘rg‘a tuvaloq viloyatning Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlari cho‘l hududlarida yovvoyi tabiatga uchirilgan.  

Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Roshid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yilda tashkil etilgan.

Foto: Navoiy ekologiya boshqarmasi

Oldinroq Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum lochinlar bilan tuvaloq ovlash uchun Navoiyga kelgani xabar qilingandi.

Top