08:45 / 11.10.2021
1619

Samarqandda ko‘p qavatli uyda qamalib qolgan 8 oylik qizaloq qutqarildi

Foto: Samarqand viloyati FVB

Samarqand shahridagi ko‘p qavatlik uyda yolg‘iz holda 8 oylik qizaloq qamalib qolgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan uyning eshigi ochib berilib, bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 oktabr kuni soat 21:15 larda viloyat FVB navbatchilik qismiga Samarqand shahar Sartepo maskani 10-uyda yashovchi fuqaro yordam so‘rab murojaat qilgan. U murojaatida uyining eshigi qulflanib qolgani, uy ichida 8 oylik chaqaloq yolg‘iz ekanini ma'lum qilib, eshigini ochib berishda yordam so‘ragan.

Qayd etilishicha, mazkur murojaat yuzasidan, boshqarmaning qutqaruv otryadi xodimlari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Qulflanib qolgan eshikni talafotsiz ochib, 8 oylik qizaloqni onasiga sog‘-salomat topshirishgan.

Top