13:18 / 11.10.2021
461
Surxondaryoda qarzdor ota farzandlariga aliment evaziga uy berdi

Termiz shahrida qarzdor ota farzandlariga aliment evaziga uy bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2021 yil 16 apreldagi sud buyrug‘iga asosan I.T.dan uch nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan. Sudning qarori yuzasidan MIB Termiz shahar bo‘limi ijro ishi yuritgan.

Qayd etilishicha, mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ota farzandlarining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan muddat uchun aliment pulini oldindan hisoblab berishni so‘rab MIB Termiz shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan.

Shundan so‘ng I.T. sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda davlat ijrochisi hisoblab bergan pul evaziga Termiz shahridan yer maydoni 850 metr bo‘lgan 4 xonali uyni farzandlariga xatlab bergan.

Ta'kidlanishicha, hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, ijro hujjati belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatilib, I.T.ga nisbatan qo‘llangan barcha cheklov choralari bekor qilingan.

Top