10:00 / 12.10.2021
2778

“O‘zbekinvest”: kompaniya TAF!21 Toshkent reklama festivalining ikkita nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi

“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” maxsus nominatsiyasi bilan taqdirlandi hamda “Rebrending” va “Yangi mahsulot va xizmatni joriy etish” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallab ikkita oltin mukofotga sazovor bo‘ldi.

Joriy yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha mamlakat aholisi O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi (O‘zMA) tomonidan tashkillashtirilgan marketing, kreativ, brending va reklama sohasidagi 10 nominatsiyada eng yaxshi ijodiy loyihalarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu yil ovoz berish shakli biroz boshqacharoq bo‘lib, ishtirok etish uchun 322 ta ariza topshirildi va iste'molchilar birinchi marta ularga ko‘proq ma'qul kelgan eng zo‘r loyihalarga ovoz berishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik iste'molchilar “O‘zbekinvest”ga ovoz berishdi va kompaniya ikkita nominatsiyada – mamlakat avtomobil egalari uchun yangi sug‘urta mahsuloti – KASKO 2.0 ni joriy etish hamda “O‘zbekinvest” jamoasi tomonidan marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirilgan kompaniyaning rebrending loyiha uchun – birinchi o‘rinlarni egalladi.                   

Shuningdek, mamlakat marketing va sug‘urta sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi bilan uzoq yillik hamkorlik uchun “O‘zbekinvest” “Yilning eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

“O‘zbekinvest” jamoasi barcha mijozlar va hamkorlariga bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

“O‘zbekinvest” EISK AJ Matbuot xizmati

Top