14:07 / 12.10.2021
5418
Turkmaniston bilan savdo zonasi tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdik - Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Turkmaniston bilan Olot tumanidagi chegaradosh hududda “Chegaraoldi savdo zonasi” tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Kuni kecha qo‘shnimiz Turkmaniston bilan Olot tumanidagi chegaradosh hududda “Chegaraoldi savdo zonasi” tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvga erishdik. 

Umuman, viloyatning eksport salohiyati keyingi besh yilda ishga tushadigan loyihalar hisobiga 3,5 barobarga oshib, 570 million dollarga yetkaziladi.

Kam xarajat bilan eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan, ayniqsa qishloq joylardagi aholimizning asosiy daromad manbasi bo‘lgan agrar sohani rivojlantirish navbatdagi ustuvor yo‘nalishimiz bo‘ladi. 

Bunda oldimizda turgan eng asosiy masala bu ekin yerlaridan samarali foydalanish hisoblanadi”, dedi prezidentlikka nomzod.

Top