20:06 / 12.10.2021
31532

«Zakovat» breyn-ring: prezident ko‘z oldida o‘tgan finalda Xorazm respublika chempioni bo‘ldi

Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan «Bukhara Desert Oasis» ekoturizm markazida «Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yini respublika bosqichining grand final o‘yini o‘tkazildi. Barcha raqiblarini mag‘lub etib finalgacha yetib kelgan Xorazm va Navoiy jamoalari hal qiluvchi o‘yinda kuch sinashdi. Musobaqa davomida asosiy favorit Toshkent jamoasini yenggan tajribali Xorazm jamoasi g‘alaba qozondi.

Final o‘yini ikki raunddan iborat bo‘ldi. Har ikki raundda bilimdonlarga 10 tadan savol berildi. Birinchi raundda Xorazm 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi raundda ham hisob Xorazm foydasiga 5:1 bo‘ldi. Shu tariqa Xorazm ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Xorazm jamoasining har bir a'zosi bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanadigan bo‘ldi. Final o‘yinida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdi.

Foto: «Zakovat» klubi
Klub homiysi Komil Allamjonov chempion "Xorazm" jamoasi a'zolari bilan
Foto: Komil Allamjonov
Foto: «Zakovat» klubi

«Zakovat» breyn-ring intellektual o‘yini respublika bosqichiga barcha viloyatlarning 13 chempioni va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 3 jamoa yetib kelgandi. 16 jamoa qur'a yordamida pley-off juftliklariga ajratildi. Yengilgan jamoalar musobaqani tark etaverdi va shu tariqa eng sara ikki jamoa finalga chiqdi.

Oldinroq o‘z viloyatidagi hududiy musobaqada g‘olib bo‘lgan 13 jamoa 100 million so‘mdan mukofot pulini qo‘lga kiritgandi. Barcha viloyatlarda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar 20 million so‘m, uchinchi o‘rin sohiblari 10 milliondan mukofot olishdi.

Foto: «Zakovat» klubi

Top