09:47 / 13.10.2021
4372

Aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda - Statqo‘m

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,1 mln. kishini tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur'ati 1,5 foizga oshgan. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.

Bundan tashqari, 2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan. O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Top