16:30 / 13.10.2021
2150
Apple butlovchi qismlar yetishmovchiligi sababli iPhone 13 ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkin

Bunga Broadcom va Texas Instrumens kompaniyalari butlovchi qismlarni yetarlicha yetkazib berolmasligi sabab bo‘lmoqda.

Foto: Bloomberg

Apple mikrosxemalar yetishmovchiligi sababli yangi iPhone 13 ishlab chiqarish hajmini 10 mln donaga qisqartirishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya hamkorlarini oxirgi uch oyda yangi iPhone ishlab chiqarish ilgari rejalashtirilgan 90 mln donadan kam bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Bunga esa Broadcom va Texas Instrumens kompaniyalari butlovchi qismlarni yetarlicha yetkazib berolmasligi sabab bo‘lmoqda. Texas Instrumens OLED-displeylar, Broadcom — simsiz modullar yetkazish bilan shug‘ullanadi.

Qayd etilishicha, Xitoydagi energetika inqirozi ham Apple kompaniyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Kompaniyaning Xitoydagi hamkorlari TPK Holding va Pegatron elektr energiyasi yetishmovchiligi tufayli ishlab chiqarish grafigini o‘zgartirishga majburligini bildirgan.

Mavzuga oid
Top