15:56 / 13.10.2021
38779

Foto: Dunyodagi eng maxfiy hududlardan biri - Oroldagi Vozrojdeniye bugun qay holatda?

Dunyodagi eng maxfiy hududlardan biri Orol dengizida joylashgan. Orol dengizi o‘rtasidagi Vozrojdeniye oroli haligacha sir saqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi.

Bu yer 1942 yildan 1992 yilgacha harbiy biokimyoviy poligon bo‘lgan. Orolchaning shartli nomi — «Barxan». U yerda tajriba hayvonlari — itlar, maymunlar, qo‘y va otlarda bakteriologik qurollar sinovdan o‘tkazilgan.

Obekt qattiq qo‘riqlangan, orolga begonalar kirishi qat'iyan taqiqlangan. Poligon uchun ishlagan xodimlarning aksariyati qayerda ishlayotganini bilishmagan. U yerda olimlar aynan qanday tadqiqot bilan shug‘ullangani haligacha noma'lum.

Kun.uz mobil muxbiri Vozrojdeniye (Tiklanish) orolining hozirgi holatini tasvirga oldi. Hozirga kelib maxfiy shaharcha butunlay xarobaga aylangan.

Shunga qaramay, hamon sirligicha qolayotgan shaharchaning ayrim qoldiqlari bor. «Barxan» haligacha eng maxfiy hududlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Oldinroq Kun.uz mobil muxbiri Orol dengizining suvi qolgan joyidan maxsus video yuborgan edi. Unda kundan kunga Orolqumga aylanib borayotgan dengizning so‘nggi suvlarini ko‘rish mumkin.

Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.

Top