19:18 / 13.10.2021
5421
Hongkongga kuchli tayfun yopirildi

Maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatildi, fond bozoridagi savdolar bekor qilindi.

Foto: Nora Tam

Hongkongga kuchli tayfun yopirilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Hukumat 10 balli o‘lchov bo‘yicha ogohlantirishning sakkizinchi darajasini e'lon qilgan.

Maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatildi, fond bozoridagi savdolar bekor qilindi.

Hongkong qonunchilik kengashi yig‘ilishi 20 oktyabrgacha qoldirildi. Transport harakati to‘xtatildi.

Xabar qilinishicha, kuchli shamol oqibatida mototsikl boshqarib ketayotgan erkak boshqaruvni yo‘qotib simyog‘ochga urilgan va shifoxonada vafot etgan.

 

Mavzuga oid
Top