15:30 / 13.10.2021
2543
O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish borasida O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.

Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

Jumladan:

  • Xalq ta'limi vazirligining tashabbusi bilan birinchi marotaba joriy yilning 25-30 sentabr kunlari Toshkent shahar Olmazor tumanida umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.
  • Mazkur sport musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar mintaqaviy bo‘limlaridan jami 224 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi.

1-o‘rin: Toshkent shahar jamoasi;

2-o‘rin: Navoiy viloyati jamoasi;

3-o‘rin: Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Foto: “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati

Shuningdek, “1 oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati matbuot xizmati Ⓣ

Top