10:49 / 13.10.2021
531
Samarqandda xalqaro yo‘lda hujjatsiz holda traktor boshqarib ketayotgan shaxslarga chora ko‘rildi
Foto: O‘zagroinspeksiya axborot xizmati

Samarqand viloyati Oqdaryo va Paxtachi tumanlarida xalqaro yo‘lda hujjatsiz holda traktor boshqarib ketayotgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 oktyabrda «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB YHXB hamkorligida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzish, xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Jumladan, inspeksiyaning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro P.E. o‘ziga tegishli bo‘lgan «TTZ 80-10» traktorini ikkita tirkamasi bilan xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotgani aniqlangan.

Bundan tashqari, Paxtachi tumanidagi Obod mahallasi hududida o‘tkazilgan monitoring davomida fuqaro X.I. o‘ziga tegishli «TTZ-80» rusumli traktorni xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazmasdan, ogohlantiruvchi chiroqlari nosoz holda boshqarayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi tegishli qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Top