16:14 / 14.10.2021
2744
Tayvandagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘inda 25 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in tungi soat uchlarda boshlangani aytilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular shu vaqtda portlash ovozini eshitishgan.

Foto: EBC via AP

Tayvan janubidagi Gaosyun shahrida 13 qavatli turar joy binosida yong‘in kelib chiqdi, 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi AR agentligi.

Ma'lum qilinishicha, 11 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 55 kishi shifoxonaga yotqizilgan. 

Yong‘in tungi soat uchlarda boshlangani aytilmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular shu vaqtda portlash ovozini eshitishgan.

Yong‘in kuchli bo‘lgan va binoning bir nechta qavatiga ziyon yetkazgan.

Bino 40 yil ilgari qurilgan bo‘lib, pastki qavatida do‘konlar, yuqori qavatlarida xonadonlar joylashgan.

Top