22:56 / 14.10.2021
7586
Tbilisida Saakashvilining ozod etilishini talab qilib o‘n minglab kishilar namoyishga chiqdi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Mixail Saakashvilini afv etmasligini ma'lum qilgan.

Foto: Reuters / IRAKLI GEDENIDZE

Tbilisi markazida Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ozod etilishini talab qilib o‘n minglab kishilar namoyishga chiqdi. Bu haqda Exo Kavkaza xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mitingni “Yagona milliy harakat” tashkil etgan.

Qayd etilishicha, Mtavari muxolifat kanali bosh direktori va Saakashvilining advokatlaridan biri uning muxolifat tarafdorlarini birlashishga va 30 oktyabrda milliy harakat nomzodlariga ovoz berishga chaqirgan murojaatini o‘qib eshittirgan.

Saakashvili vataniga qaytgach, 1 oktyabrda hibsga olingandan keyin ochlik e'lon qilgandi. Sobiq prezident o‘zi va u deb hibsga olingan odamlar ozod qilinmagunga qadar ochlikni davom ettirishini aytgan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Mixail Saakashvilini afv etmasligini ma'lum qilgan. Gruziya prokuraturasi esa sobiq prezident kamida olti yilni panjara ortida o‘tkazishini bildirgan.

Mavzuga oid
Top