20:07 / 14.10.2021
4727
Yaponiya sudida KXDR rahbariga qarshi ish bo‘yicha eshituvlar boshlandi

Kim Chen In Shimoliy Koreya vakili sifatida sudga chaqirildi, ammo u kutilganidek, sudga kelmadi.

Foto: KCNA

Tokio sudi KXDR rahbari Kim Chen Inga qarshi ish bo‘yicha eshituvlarni boshladi. Besh nafar da'vogar uni «odam o‘g‘irlash»da ayblamoqda, deb xabar berdi NDTV.

Qayd etilishicha, ular koreyslarning baxtli hayoti to‘g‘risidagi targ‘ibotlarga ishonib repatriatsiya dasturi doirasida Yaponiyadan KXDRga ketishgan.

Kim Chen In Shimoliy Koreya vakili sifatida sudga chaqirildi, ammo u kutilganidek, sudga kelmadi.

«Biz Pxenyan zararni qoplashiga ishonmaymiz. Ammo Yaponiya hukumati bu ish bo‘yicha Shimoliy Koreya bilan muzokara olib borishiga umid qilamiz», — dedi da'vogarlarning advokati.

Koreyslarni repatriatsiya qilish dasturi 1959-1984 yillarda amal qilgan. Bu vaqt mobaynida 90 mingga yaqin koreyslar Yaponiyani tark etgan. 

Mavzuga oid
Top