12:31 / 15.10.2021
1993

Buxoro markaziy dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti sotilayotgani aniqlandi 

Foto: Buxoro viloyat IIB axborot xizmati

Buxoro markaziy dehqon bozorida iste'molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti sotayotgan shaxslar qo‘lga tushgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan H.A. hamda Romitan tumanining Qahramon mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan M.K. iste'molga yaroqsiz 150 litr paxta yog‘ini 3 mln 750 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

G‘ijduvon tumani sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasiga ko‘ra, mazkur yog‘ mahsuloti qo‘lbola usulda chigitdan olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq sotish uchun Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht Navoiyda to‘xtatib qolingandi.

Top