09:41 / 15.10.2021
6945

Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolarining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: dvitex.ru

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Afg‘oniston fuqarolarining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi X.J. va X.Sh. 2021 yil ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi va bir nafar surxondaryolik shaxsga issiqxona qurib berishini aytib, pullarini olgan va o‘zlashtirib ketgan.

Jumladan, 2021 yil mart oyida, X.J. va X.Sh. Sariosiyo tumaniga kelib, Afg‘oniston fuqarosi, hozirda, Uzun tumani Nurbuloq mahallasida vaqtincha yashovchi, F.Sh.ning ishonchiga kirgan. So‘ng F.Sh.ga yashayotgan mahallasidan 60 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berishlarini aytib 13 000 ming dollarini olib, o‘zlashtirib ketgan.

Bundan tashqari, X.J. va X.Sh. joriy yil 19 mart kuni, Uzun tumani Kichik Jonchekka mahallasida yashovchi, Ch.Ch.ga issiqxona qurib berishini aytib 226 million 575 ming so‘m olgan.

Shuningdek, joriy yil 23 iyun kuni, Afg‘oniston fuqarosi, hozirda Uzun tumani Uzunqishloq mahallasida vaqtincha yashovchi, F.M.ga issiqxona qurib berishini aytib 30 million so‘m olgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 4 oktyabr kuni X.J. va X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top