21:44 / 15.10.2021
10717
Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e'lon qildi

Shayx mavlaviy Abdul Hakim Haqqoniy vaqtinchalik oliy sudya etib tayinlandi.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e'lon qildi. Bu haqdagi bayonot toliblar vakili Alhanafiy Vardakning Twitter sahifasida joylashtirildi.

“Afg‘oniston islom amirligi” rahbariyati tomonidan Oliy sud tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Shayx mavlaviy Abdul Hakim Haqqoniy vaqtinchalik oliy sudya, mavlaviy Muhammad Qosim Turkman uning birinchi o‘rinbosari, mavlaviy Abdul Malik ikkinchi o‘rinbosari etib tayinlandi”, – deyiladi bayonotda.

Toliblar hukumat tepasida bo‘lgan 1996-2001 yillarda butun sud tizimi ruhoniyat nazorati ostida bo‘lgan. Uning tarkibiga qozi ul-quzzat (oliy sudya) rahbarligidagi Oliy sud, fuqarolik sudlari hamda harbiy sudlar kirgan.

Bundan tashqari, mamlakatda uch nafar shariat sudyasidan tashkil topgan maxsus tribunallar keng tarqalgan. Hukmlar “Afg‘oniston islom amirligi” rahbariyati tomonidan tasdiqlanganidan keyin ijro etilgan.

Toliblar ag‘darilgach va 2004 yilda Afg‘oniston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan so‘ng mamlakatda to‘qqiz nafar sudyadan iborat Oliy sud ta'sis etilgan.

Mavzuga oid
Top