18:42 / 16.10.2021
12640

Alisher Qodirov andijonlik saylovchilar bilan uchrashdi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov bugun andijonlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Foto: «Milliy tiklanish» partiyasi

Uchrashuvda Alisher Qodirovning o‘zi nutq so‘zlab, yig‘ilganlarni o‘zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Alisher Qodirovning Buxoro viloyatidagi ishonchli vakili, Oliy Majlis Senati a'zosi Abira Huseynova viloyatdagi eng chekka hudud — Qorovulbozor tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: «Milliy tiklanish» partiyasi

Uchrashuvda ishonchli vakil prezidentlikka nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Saylovchilarning savollarga javob qaytardi.

Tadbir yakunida partiyaning «Xizmat — beminnat» loyihasi doirasida bepul qo‘shimcha ta'lim olib, biologiya yo‘nalishida eng yuqori ball bilan Buxoro davlat universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan Uljan Talmaxanovaning ustozi Ziyodullo Rahmatovga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top