16:39 / 16.10.2021
7181
Qandahordagi masjidda sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Ma'lumot berilishicha, ikki nafar xudkush masjid binosining turli qismlarida hujum uyushtirgan.

Foto:twitter.com/Etilaatroz

Afg‘onistonning Qandahor shahrida joylashgan shialar masjidida sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Frans Press agentligi guruh bayonotiga tayanib xabar berdi. 

Guruhning bildirishicha, ikki nafar xudkush masjid binosining turli qismlarida hujum uyushtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qandahordagi shialar masjidida juma namozi vaqtida portlashlar sodir bo‘ldi. «Baxtar» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 62 kishi halok bo‘lib, 68 kishi yaralangan.

O‘tgan haftada ham Qunduzdagi shialar masjidlaridan birida juma namozi vaqtida terrorchi xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 50 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top