14:20 / 16.10.2021
13814

Qaysi vaksinalar bilan emlangan xorijliklar AQShga kira olishi ma'lum qilindi

AQShda Pfizer va BioNTech, Moderna hamda Johnson & Johnson vaksinalari ma'qullangan.

Foto: Tony Cenicola/The New York Times

8 noyabrdan Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boshqarmasi (FDA) yoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'qullagan koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlangan xorij fuqarolari AQShga kira oladi, deb yozadi The New York Times.

Bunda, AQShga safar qilayotgan xorijliklar samolyotga chiqish oldidan emlangani to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatishi, mamlakatga kirganidan keyin esa uch kun ichida koronavirusga manfiy test natijasini taqdim etishi lozim.

AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari nazorati boshqarmasi tomonidan Pfizer va BioNTech, Moderna hamda Johnson & Johnson vaksinalari ma'qullangan. JSST esa olti vaksinani ma'qullagan: Pfizer va BioNTech, AstraZeneca, Hindistonning Serum, Johnson & Johnson, Moderna va Xitoyning Sinopharm kompaniyalari ishlab chiqargan vaksinalar.

Avvalroq AQSh 8 noyabrda 30dan ortiq mamlakatning emlangan fuqarolari uchun chegaralarini ochishi xabar qilingandi.

Top