17:07 / 18.10.2021
9913
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida portlash sodir bo‘ldi

Toliblar o‘tirgan avtomobil gavjum ko‘chalardan biridan o‘tayotganida portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Asvaka agentligi xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, hodisa Kobul-Hada mavzesida yuz bergan.

Toliblar o‘tirgan avtomobil gavjum ko‘chalardan biridan o‘tayotganida portlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid
Top