10:09 / 18.10.2021
3962

Fransiyaning Belarusdagi elchisi Minsk talabi bilan respublikani tark etdi

Fransiyaning Belarusdagi elchisi Nikolya de Buyan de Lakost Minsk talabi bilan mamlakatni tark etdi. U 2020 yil sentyabrda Belarus prezidentiga ishonch yorliqlari topshirish marosimida ishtirok etmagan.

Foto: by.ambafrance.org

Belarus tashqi ishlar vazirligi diplomatdan respublikani 18 oktyabrgacha tark etishni talab qilgan.

Nikolya de Lakost Fransiyaning Belarusdagi elchisi lavozimini 2020 yilda egallagan. O‘sha yil sentyabrda u Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ishonch yorliqlari topshirilishida ishtirok etmagan. Keyinroq, 8 dekabrda fransuz diplomati ishonch yorlig‘ining nusxasini Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyga topshirgan.

Top