20:00 / 18.10.2021
9075

“O‘zbekneftgaz”: Gazlida dizel yonilg‘isini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan fuqaro ushlandi

Joriy yilning 17 oktabr kuni taxminan soat 23:00 da “O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Hojikazgan-Qumli-Chaqaqum” gazokondensat quvurlari avtoyo‘nalishi atrofida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: O‘zbekneftgaz

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan davlat raqami mavjud bo‘lmagan UAZ rusumli avtotransport vositasi to‘xtatib tekshirilgan.

Avtotransport yukxonasida bo‘lgan har birining hajmi 60 litrni tashkil qiladigan 24 dona bo‘sh yelim bochka xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, haydovchi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, “Ziyorat” MFY, Ziyorat qishlog‘ida yashovchi fuqaro Abdujabbor Avezov hech qanday hujjatlarsiz avtomashinani boshqarib kelgani aniqlangan.

Yelim bochkalar esa burg‘ilash ishlari olib borilayotgan uchastkalaridan dizel yonilg‘isini olib ketish maqsadida keltirilgani aytilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari tomonidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top