09:00 / 18.10.2021
8859
Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi jahon yetakchi kompaniyasi Lactalis O‘zbekiston bozorida iste'molchilar ishonchini qozonmoqda
Foto: Lactalis

Mamlakatda yetakchi yirik jahon brendlari, transmilliy korporatsiyalar va kompaniyalarning mavjudligi ba'zan qonunchilik, fiskal siyosat va iqtisodiy choralar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan bozorning barqarorligini va shaffofligini ta'minlashning yaqqol indikatori bo‘lib hisoblanadi. 2019 yilda O‘zbekistonga mashhur fransuz konserni  Lactalis'ning kirib kelishi yana bir marotaba buni ta'kidladi: mamlakat sut mahsulotlari sohasida ishonchli hamkorni orttirdi, kompaniya esa Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘zining o‘rnini mustahkamladi.

«Lactalis Central Asia» MChJ XK bosh direktori Kristian Xubert bilan intervyuda Lactalis bosqichma-bosqich O‘zbekiston iste'molchilarining qiziqishlari va didini ushbu ikki yil mobaynida keng assortimentda taqdim etilgan mahsuloti bilan qanday zabt etganligi va jahon brendini mahalliy miqyosda rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalari haqida

Kristian, ayting-chi, siz oziq-ovqat sanoatiga, xususan, sut va sut mahsulotlarining yetakchi yirik ishlab chiqaruvchisining kompaniyasi Lactalis'ga qanday kirib keldingiz?

Men Yevropaning eng markazi – Belgiyada tug‘ilib-o‘sdim. Oziq-ovqat sanoati, men dastlab o‘zim uchun professional faoliyat sifatida tanlagan soha emas edi. Universitetda men tillar va menejmentni o‘rgandim. Lactalis'ga men 2006 yilda, Qozog‘istondagi

Foodmaster kompaniyasi konsern oilasiga qo‘shilgan paytda keldim. Menga nihoyatda mas'uliyatli yo‘nalish topshirildi – kompaniyaning biznes – jarayonlarini  rivojlantirish hamda Qozog‘iston hududida uning tijorat faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Chet tillarini bilganim sababli, men Qozog‘istonda, Gruziyada, Ukrainada, Saudiya Arabistonda va Kolumbiyada  Lactalis guruhi kompaniyasining tijorat yoki bosh direktori lavozimida ishlashga muvaffaq bo‘ldim.

Lactalis mahsuloti dunyo bo‘ylab nihoyatda mashhur. Kompaniyaning patentlashtirilgan brendlaridan qaysilari O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan?

O‘zbekistonda bugungi kunda 2 ta mashhur xalqaro brend taqdim etilgan - bu President va Lactel.

President lineykasi – Lactalis konsernining tashrif qog‘ozi bo‘lib, ushbu brendning mahsuloti dunyo bo‘ylab deyarli barcha davlatlarda taqdim etilgan.  O‘zbekiston iste'molchilari uchun President mahsulotining nihoyatda optimal, shu bilan birga keng assortimenti tanlab olingan: sariyog‘, eritilgan pishloqlar, qattiq pishloqlar, tvorogli pishloqlar, labne, tvorog va qaymoqlar.

Foto: Lactalis

Lactel brendi bilan ishlab chiqariladigan mahsulotlar dunyoning 50 ta mamlakatlarida taqdim etilgan. Bu yerda biz O‘zbekiston uchun Lactel lineykasidan yuqori sifatli mahsulotlarni tanlashga harakat qildik – bu, avvalambor, sut, bolalar va kattalar uchun sutli kokteyllar, sariyog‘, qoshiqli va ichimlik yogurtlar hamda tvorojoklar.

Foto: Lactalis

Yangi bozor, yangi vazifalar, biznesni rivojlantirish uchun yangi sharoit – O‘zbekiston sizni nima bilan jalb qildi?

Bir necha yil oldin yangi rahbar - Prezident Shavkat Mirziyoyevning hokimiyat boshiga kelishi bilan, O‘zbekistonda turli darajadagi biznes uchun – o‘rta ishlab chiqaruvchilardan boshlab yirik ishlab chiqaruvchilarigacha keng imkoniyatlar ochildi. Mamlakatdagi investitsion iqlim sifat jihatdan ancha o‘zgardi. Ta'kidlab o‘tamanki, Lactalis kompaniyasi ancha paytdan beri MDH hududida o‘z faoliyatini yuritmoqda va uning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi shunchaki vaqt masalasi edi. 2019 yilning sentyabr oyi o‘zgarish payti bo‘lib, Lactalis kompaniyasi shu paytdan boshlab bu mamlakatda o‘z faoliyatini joriy etdi.

Lactalis kompaniyasining mahalliy ishlab chiqaruvchilardan farqi nimada?

Birinchidan, kompaniyada, uzoq yillar davomidagi tajribasi natijasida, butun dunyo bo‘ylab biznesni olib borish modeli ishlab chiqilgan. Ikkinchidan, kompaniya, barcha bozorlarda amal qiladigan, xalqaro sifat standartlariga rioya qiladi, aks holda bunday keng ko‘lamli qamrovga erishib bo‘lmas edi. Uchinchidan, mahsulotni kelgusida mashhur xalqaro brendga (President, Lactel, Galbani, Parmalat, Santal, va ko‘plab boshqalar) aylantirish maqsadida puxta ishlar olib borilmoqda. To‘rtinchidan, Lactalis mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlar bilan qalin hamkorlik olib boriladi. Kompaniya o‘z yo‘lini uzoq 1933 yilda, Laval nomli fransuz shahridagi kichkinagina pishloq ishlab chiqarish  korxonasidan boshlagan. Kompaniya asoschisi Andre Bene tomonidan asos qilib olingan faoliyat mezonlari Lactalis kompaniyasiga dunyoning 160 ta davlatiga kirib borishga va iste'molchilarning manfaatlarini o‘ylagan holda, faol ishlashiga imkon yaratdi. “Global Dairy Top 20” reytingiga ko‘ra, Lactalis 2021 yilda birinchi o‘rinni egalladi va dunyodagi eng yirik sut ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylandi.

2000 yilda  Lactalis kompaniyasining aylanmasi 4,8 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi, lekin 20 yil davomida sut konserni, 370 % ga o‘sishni namoyish qilgan va aylanmani yiliga 23 mlrd. dollargacha ko‘paytirgan holda, 9-dan birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Covid – 19 pandemiyasi sababli, 2020 yil barcha uchun oson bo‘lmadi. Kompaniya yangi sharoitlarga qanday moslashdi va yilni qanday ko‘rsatkichlar bilan yakunladi?

Covid – 19 pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolarga qaramay, 2020 yildagi asosiy vazifamiz ishlab chiqarishni to‘xtatmaslik va barcha ish jarayonlarini masofadan yo‘lga qo‘ygan holda, xodimlarimizning faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslikka qaratilgan edi. Bu shunday davr ediki, birinchi navbatda xodimlarning sog‘ligi haqida o‘ylash muhim edi. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida, 2020 yilda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga muvaffaq bo‘ldik.

Kompaniyaning O‘zbekistonda kelgusi rivojlantirish borasida rejalari qanday?

O‘zbekiston bozorida sut mahsulotlarining barcha toifalarida o‘rin egallashni rejalashtirganmiz. Mamlakatda mavjud keng imkoniyatlar sharoitida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 1-raqamli kompaniyaga aylanish.

Reklama huquqi asosida

Top