20:46 / 18.10.2021
5216

Toliblar BMTga 10 mln nafar bolani poliomiyelitga qarshi emlashga ruxsat berdi

YUNISEFning ma'lumot berishicha, «Tolibon» ushbu kampaniyani to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. 

Foto: AFP

Noyabrda Afg‘onistonda bolalarni poliomiyelitga qarshi umummilliy emlash ishlari boshlanadi, deb xabar berdi «Bi-Bi-Si». Emlash BMTning YUNISEF bolalar fondi tomonidan o‘tkaziladi.

«Bu qaror bizga poliomiyelitni tugatishda katta qadam tashlashga imkon beradi. Buning uchun Afg‘onistondagi har bir oiladagi har bir bola emlanishi shart», — dedi YUNISEFning Afg‘onistondagi vakili Erve Lyudovik de Lis.

Fondning ma'lumot berishicha, «Tolibon» ushbu kampaniyani to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. 

Vaksinatsiya uylarda o‘tkaziladi va besh yoshgacha bo‘lgan qariyb 10 mln nafar bolani qamrab oladi.

Top