11:01 / 19.10.2021
1757
AKT vazirligi operatorlar faoliyatini internet milliy segmentida cheklash bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilanmoqda 
Foto: Getty Images

«Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonuniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilanmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlar faoliyatini Internet jahon axborot tarmog‘i milliy segmentida cheklash bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilanadi.

“Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi qonun talablari xorijiy mulkdor va operatorlar tomonidan bajarilmagan holda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishning alohida shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ va O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishning alohida shartlarini buzgan mulkdor va (yoki) operatorlarning Internet tarmog‘i axborot resurslaridan foydalanishni cheklash va bloklash imkoniyati yaratiladi”, deyiladi hujjatda.

Top