12:51 / 19.10.2021
10125
«Men bejiz Janubiy Koreyaga ko‘p to‘xtalmayman, ularning birorta tabiiy boyligi yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev inson potensialiga to‘xtaldi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuv davomida inson potensialining ahamiyati haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Men Janubiy Koreya islohotlarini ko‘p o‘rganganman, o‘rganaman. Bejiz bu davlat haqida ko‘p to‘xtalmayman. Ularning birorta tabiiy boyligi yo‘q, lekin 60 yil ichida urush ko‘rgan qashshoq davlatdan eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi. Biz ham mustaqil bo‘lganimizga 30 yil bo‘ldi-ku. 

Janubiy Koreya yetakchilari bir vaqtlar uyma-uy yurishgan, “Hoy falonchi, nega sening farzanding uch kundan beri maktabga bormayapti?” degan aniq savol qo‘yadi. Farzandlarining ta'limiga jiddiy e'tibor berishadi. Men ham mahalladan ana shunday tashabbuslar kutyapman. Mahalla har bir jarayonda ishtirok etishi kerak.

Mana, Koreyada xizmat turlarining o‘zi 1000 tadan ortiq, bizda esa Toshkent shahrida endi 70 taga yetkazdik. 1000 ta qayoqda-yu, 70 ta qayoqda? Hammamiz bir narsani bilib olaylik – Toshkent shahrida hali muammolarimiz ko‘p. Hammamiz belimizni mahkam bog‘lab ishlashimiz kerak.

Men mahallaga shunchaki pul ajratmayman, 600 mln dollar katta mablag‘. Qattiq nazorat bo‘ladi, jamoatchilik kuzatib turadi. Prezident yurgan yo‘llar har bir mahallalarda bo‘lishi kerak. Namangan gullar shahri deyiladi, nega Toshkent gullar shahri bo‘lmasligi kerak"”, – dedi prezidentlikka nomzod.

Top