18:11 / 19.10.2021
8139

Vetnamda maktab o‘quvchisi mobil telefon portlashi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Portlashdan so‘ng beshinchi sinf o‘quvchisining egnidagi  kiyimi yonib ketgan, bolaning o‘zi esa og‘ir jarohat olgan.  

Foto: Getty Images

Vetnamda maktab o‘quvchisi mobil telefon portlashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozadi Mirror. Xabar qilinishicha, voqea onlayn-dars vaqtida, telefon quvvatlanayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Portlashdan so‘ng beshinchi sinf o‘quvchisining egnidagi kiyimi yonib ketgan, bolaning o‘zi esa og‘ir jarohat olgan.

Mahalliy OAVning yozishicha, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda u uyda yolg‘iz bo‘lgan, unga qo‘shnilar yordamga yetib kelgan.

Bola shifoxonaga olib borilganidan so‘ng shifokorlarning yordamiga qaramasdan vafot etgan. 

Xabarda portlagan telefonning rusumi ma'lum qilinmagan.

Top