08:12 / 20.10.2021
6579

20 oktyabr kuni shimoliy hududlarga salqin havo massalari kirib kelishni boshlaydi

20 oktyabrda kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga salqin va nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bulutli bo‘ladi, kechga tomon yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top