07:50 / 20.10.2021
7301
Fotih Jalolov Catira teatri direktori etib tayinlandi

Joriy yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston davlat satira teatrida O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Chotki TV

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov O‘zbekiston davlat satira teatri direktori etib tayinlandi

O‘z mehnat faoliyatini 1986 yili Toshkent teatr va rassomlik san'ati instituti “Qo‘g‘irchoq aktyori mahorati” kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan Fotih Jalolov bugunga qadar Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 

Abdulla Qahhor nomidagi satira teatri O‘zbekistondagi yagona hajv teatridir. Teatr 1986 yilda Toshkent shahrida «Gap egasini topadi» dasturi bilan ochilgan. 

Mavzuga oid
Top