07:55 / 20.10.2021
2585
Toshkentda yil boshidan beri 11 196 ta jinoyat sodir etildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda huquqni muhofaza etuvchi idoralar rahbarlarining qonuniylikni ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish, huquq-tartibot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida qonunbuzilish holatlari ko‘paygani ma'lum qilindi. Firibgarlik jinoyatlari ortayotgani qayd etib o‘tildi. O‘tgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijasida aniqlandi. Jami jinoyatlarning fosh etilishi 89,3 foizni tashkil etadi.

Shundan kelib chiqib, har bir tumanda “jinoyat o‘chog‘i”ga aylangan og‘ir mahallalar tanlab olinib, qo‘shimcha kuch va vositalar ajratilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining 1 143 dona elektron planshetlariga “Ye-ma'muriy ish” mobil ilovasi o‘rnatilib, ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish elektron tartibga o‘tkazilgan va onlayn sudlar yo‘lga qo‘yilgan.

Sudlarga yuridik va jismoniy shaxslardan jami 9 166 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 055 taga ko‘p. Virtual va xalq qabulxonalari tomonidan yuborilgan 4.189 ta murojaatlardan 4.050 tasi ko‘rib chiqilib, muammoni hal etish choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid
Top