12:40 / 21.10.2021
10162

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Bugun, 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, «Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi» ham ko‘rib chiqilib, ma'qullandi.

MB boshqaruvining bundan oldingi oxirgi yig‘ilishi 9 sentyabrda bo‘lib o‘tgandi va unda ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Regulyatorning asosiy stavkasi so‘nggi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgargan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.

Top