17:00 / 21.10.2021
71284
Reklama

O‘zbekistonda yangi oliy ta'lim muassasasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida berilgan № OT 0035 raqamli litsenziya bilan «ISFT Instituti» yangi xususiy oliy ta'lim muassasasi talabalar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Mazkur muassasa O‘zbekistonning ilg‘or, innovatsion oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

ISFT institutida 2021-2022-o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarda talabalarni bakalavr dasturlariga qabul qilish boshlandi: 

  • Menejment va boshqaruv hisobi bakalavri;
  • Xalqaro biznes va boshqaruv bakalavri;
  • Amaliy buxgalterlik hisobi va moliya bakalavri;

Ta'lim uch tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun ISFT instituti 300ta budjet o‘rinlarini e'lon qiladi.

Kirish imtihonlari bazaviy matematika va tilni bilish darajasi (ta'lim olish uchun tanlangan til bo‘yicha) o‘tkaziladigan imtihonlardan iborat.

Qayd etish joizki, Davlat test markazining (DTM) matematika va til bloklari bo‘yicha jami 60 yoki undan yuqori ballga ega abituriyent institutga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi (kirish imtihonlaridan ozod etiladi).

Hujjatlarni topshirish uchun abituriyentga institutga kelib, yoki https://admission.isft.uz/ sahifasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.

Batafsil ma'lumot uchun:

Call Centre: +99878 147-37-37

Rasmiy veb sayt: www.isft.uz

Telegram kanal: https://t.me/isftash

Instagram: instagram.com/isf.tash

Reklama huquqi asosida

Top