16:09 / 22.10.2021
5101

Bayden Xitoy bilan sovuq urushni istamasligini aytdi

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Xitoy va boshqalar eng yaxshi qurolli kuchlar AQShniki ekanini biladi.

Foto: EPA

AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington Xitoy bilan sovuq urushni istamasligini aytdi

«Men boshqa rahbarlarga qaraganda Si Tszinpin bilan ko‘proq muloqotda bo‘lganman. Odamlar Bayden Xitoy bilan yangi sovuq urush boshlamoqchi deyishayotganini eshitdingiz. Men Xitoy bilan sovuq urushni istamayman. Men Xitoy biz chekinmasligimizni, qarashlarimizni o‘zgartirmasligimizni tushunishini istayman», — dedi u.

Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, Xitoy va boshqalar eng yaxshi qurolli kuchlar AQShniki ekanini biladi.

Bayden shuningdek, Vashington Tayvan xavfsizligini ta'minlashga tayyorligini aytdi.    

«Bu bizning majburiyatimiz», — dedi u bu haqdagi savolga javoban.

Top