19:00 / 22.10.2021
17292

«Odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa, ular menga ovoz bermaydi» - Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish»dan prezidentlikka nomzodning afsus bilan aytishicha, agar odamlar uni tushunmayotgan bo‘lsa, ular Qodirovga ovoz bermaydi. Lekin u baribir gapirishdan to‘xtamoqchi emas.

Foto: «Milliy tiklanish» partiyasi

21 oktabr kuni Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida «Milliy tiklanish» partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Gazeta.uz’ning xabar berishicha, nomzod uchrashuvda saylovdagi g‘alabadan umidvor emasligi, biroq u g‘oyalarni ilgari surishdan to‘xtamasligi haqida gapirgan.

«Men hozir taxmin qilmoqchi emasman. Saylovning natijalari e'lon qilingandan keyin ma'lum bo‘ladi. Lekin men bir narsani e'tirof etib ketishim kerak, tajriba yoki siyosiy nuqtayi nazardan bo‘ladimi barcha masalalar bo‘yicha O‘zbekistonda bugun kelayotgan raqobat muhitida yaqqol fikrlar ajralib turibdi.

Bizni fikrlarimiz bugun odamlarga yoqmayotgan bo‘lishi mumkin. Bitta aytgan gapimga shuncha negativ munosabat. Men gaplarimni tushuntirolmayapman. Men shu vatan haqida, shu millat haqida o‘ylayapman, lekin odamlar meni tushunmayotgan bir paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?

Afsus bilan aytishim kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa, ular menga ovoz bermaydi. Lekin men gapdan to‘xtamoqchi emasman.

Ehtimol, g‘alabadan umidvor emasdurman, lekin natijada odamlar, albatta, o‘zgaradi. Ishonchim komil, jamiyat baribir o‘zgaradi», — dedi «Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod.

Eslatib o‘tamiz, partiyaning 6 avgust kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari plenumida prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan Alisher Qodirov saylovlarda g‘alaba qozonmoqchi ekani haqida gapirgandi.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top