10:31 / 22.10.2021
21214

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yog‘gan qor - suratlarda

Joriy yilning 21 oktabr kuni O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida qor yog‘di.

Xususan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida qor yog‘ishi kuzatildi. Ayni damda Zomin tumanining dengiz sathidan 800-900 metrdan yuqori tog‘liklari qorga burkangan.

Bundan tashqari, Qamchiq dovonida ham kuchli qor yog‘di. IIV YHXBB tegishli xabar e'lon qilib, yo‘llar nam bo‘lgani bois haydovchilardan keskin tormoz bermaslikni so‘ragan. 

Avvalroq, «O‘zgidromet» havo harorati keskin pasayishi kutilayotganini ma'lum qilgandi.

21-22 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi, ko‘rinuvchanlik yomonlashishi aytilgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani / Foto: uzb_meteo
Jizzax viloyati Zomin tumani / Foto: uzb_meteo
Qamchiq dovoni / Foto: Kun.uz
Qamchiq dovoni / Foto: Kun.uz
Qamchiq dovoni / Foto: Kun.uz
Top