15:15 / 23.10.2021
7594
Japarov Qirg‘izistonda AQSh harbiy bazasi joylashtirilmasligini aytdi

"Ikkita baza joylashtirib, ta'sirga ega davlatlar bilan sichqon-mushuk o‘yini o‘ynashni istamaymiz", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Foto: press-slujba Kremlya

Qirg‘iziston hukumati mamlakatda AQSh harbiy bazasi joylashtirilishi imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma'lum qildi.

"Kantda Rossiya bazasi bor. Bizga bitta baza yetarli", — dedi u Qirg‘izistonda AQSh harbiy bazasi ochilishi ehtimoli haqidagi savolga javoban.

"Ikkita baza joylashtirib, ta'sirga ega davlatlar bilan sichqon-mushuk o‘yini o‘ynashni istamaymiz", — deya qo‘shimcha qildi u.

2001 yilda Bishkekdagi Manas aeroportida AQSh bazasi ochilgandi. U Afg‘onistondagi "Mustahkam ozodlik" operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangandi. Baza 2014 yilda Qirg‘iziston talabi bilan yopilgan.

Top