17:06 / 23.10.2021
8880

Qirg‘iziston Afg‘onistondagi etnik qirg‘izlarni vatanlariga ko‘chirib olib kelishni rejalashtirmoqda

Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun respublika hududida ularga uylar quriladi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston hukumati Afg‘oniston hududida yashovchi etnik qirg‘izlarni vatanlariga ko‘chirib olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma'lum qildi.

“Vaqti kelib Afg‘onistondagi barcha qirg‘izlarini vatanlariga ko‘chirib olib kelamiz”, — dedi u.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun respublika hududida ularga uylar quriladi.

“Tez orada uylarni tayyorlash boshlanadi va Afg‘onistondan barcha etnik qirg‘izlarni ko‘chirib kela olamiz”, — dedi u.

Turli ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Afg‘oniston hududida 3 mingdan 4 ming nafargacha etnik qirg‘izlar yashaydi. Sentyabrda ularga Bishkekdan gumanitar yordam jo‘natilgandi.

Top