09:33 / 23.10.2021
2076

Samarqandda "KIA" mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan ikkita mashinaga shikast yetkazdi

Samarqand shahrida "KIA" mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan "Nexia-3"ga kelib urilgan. Oqibatda "Nexia-3" o‘zidan oldinda turgan boshqa bir mashinaga urilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 oktabr kuni soat 12:25 larda Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi N.M. "KIA" rusumli mashinada harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng, ushbu ko‘chada yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan "Nexia-3" mashinasining orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida "Nexia-3" o‘zidan oldinda to‘xtab turgan "Cobalt" mashinasining orqa tomoniga to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim jarohati olmagan. Faqat har uchala mashinaga jiddiy shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Tegishli hujjatlar to‘plangan va ular o‘rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Top