15:04 / 23.10.2021
8270
Turkiya AQShdan F-16 samolyotlarini sotib olish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi

Avvalroq Turkiya mudofaa sanoati rahbari Ismoil Demir mamlakat Rossiyaning Su-35 va Su-57 samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.

Foto: AP

Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar AQShdan F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi.

«F-16 xaridi bo‘yicha texnik ishlar boshlandi, biz jarayonni kuzatib turibmiz. Turkiyaning kuchayishi NATOning ham kuchayishini bildiradi», — dedi u.

Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olganidan so‘ng AQSh bu mamlakatga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishdan bosh tortgandi. Shundan so‘ng Anqara Moskvadan samolyot sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.

Avvalroq Turkiya mudofaa sanoati rahbari Ismoil Demir mamlakat Rossiyaning Su-35 va Su-57 samolyotlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.

Mavzuga oid
Top