20:31 / 25.10.2021
3753

AQSh Sudan harbiylarini hibsga olingan amaldorlarni ozod qilishga chaqirdi

Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk va kamida 4 nafar vazir, mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr harbiylar tomonidan hibsga olingan.

Foto: AP

AQSh Sudan harbiylarini hibsga olingan yuqori martabali amaldorlarni ozodlikka chiqarishga chaqiradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Karin Jan-Per ma'lum qildi.

“Biz harbiy xizmatchilarning harakatlarini qoralaymiz hamda bosh vazir va uy qamog‘iga olingan boshqa shaxslarni zudlik bilan ozod etishga chaqiramiz”, – dedi Jan-Per.

Uning ta'kidlashicha, Vashington respublikadagi vaziyatdan chuqur xavotirda.

Dushanba kuni Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk va kamida 4 nafar vazir, mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr hibsga olingan.

Harbiylar poytaxt Xartumga kirish yo‘llarini va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishgan, shaharda internet va mobil aloqa o‘chirib qo‘yilgan.

Top