20:46 / 25.10.2021
14819

Hindistonda tezyurar elektromobil taqdim etildi

Bir o‘rinli elektromobilning quvvati 722 ot kuchiga teng, og‘irligi 738 kg. Elektromobil 2,54 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi.

Foto: Vazirani Automotive

Hindistonning Vazirani Automotive kompaniyasi Ekonk elektr giperkarini taqdim etdi. Bu haqda Autocar India xabar bermoqda.

Bir o‘rinli elektromobilning quvvati 722 ot kuchiga teng, og‘irligi 738 kg. Elektromobil 2,54 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi.

Foto: Vazirani Automotive

Uning maksimal tezligi 309 km/soatni tashkil etadi. Avto elektr batareyalarini sovituvchi maxsus tizim bilan jihozlangan.

Elektromobil bir quvvat olish bilan qancha masofa yurishi va uning narxi haqida ma'lumot berilmagan.

Top